Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik aloqalari muhokama etildi

Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik aloqalari muhokama etildi

    2022-yilning 6-iyun kuni Toshkent moliya institutida Fransiyaning taraqqiyot agentligi delegatsiyasi vakillari ishtirokida o‘zaro manfaatli xamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

    Fransiya taraqqiyot agentligi markaziy ofisi loyiha rahbari Kom Desheri boshchiligidagi delegatsiya institut rektori T.Teshabayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.Islamkulov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimlari tomonidan qabul qilindi.

 

        

 

Uchrashuvda Fransiyaning taraqqiyot agentligi hamda Toshkent moliya instituti o‘rtasidagi quyidagi istiqbolli xamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi, jumladan:

 

- “Yashil iqtisodiyot” bo‘yicha davlat siyosati qarz dasturini amalga oshirish choralari;

 

- “Green budget”, “Green procurement”, “Green taxation” loyihalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni olib borish, ushbu loyihalar bo‘yicha qo‘shma o‘quv-seminarlarini tashkil etish;

 

- “Yashil iqtisodiyot” bo‘yicha tashkil etiladigan qo‘shma loyihalarda Toshkent moliya institutining ishtirokini ta’minlash va boshqalar.

 

Uchrashuv davomida institutning “Yashil iqtisodiyot” bo‘yicha amalga oshirayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyati va salohiyatini aks ettiruvchi  videorolik namoyish etildi.

 

 

Shuningdek, institutda joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Humanistic-philosophical, socio-historical aspects of the strategy of transition to a green economy” mavzusidagi ilmiy konferensiyaga tayyorgarlik ishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

14:55 / 2022-06-07
Success helper
Success warning